Postekoglu APL jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ange Postekoglu yoz boshida "Tottenxem" bosh murabbiyligidan ketganidan keyin hozircha o'ziga klub topmagan.
Yaqin kelajakda 59 yoshli Postekoglu Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, Ange "Nottingem Forest" ko'rib chiqayotgan murabbiylar ro'yxatidan o'rin olgan.
Avvalroq, klub xo'jayini bilan ziddiyat fonida Nunu Eshpiritu Santu "Nottingem Forest"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Nottingem Forest" 2025/2026 yilgi mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etadi.