Portugaliyalik sobiq yarim himoyachi Manishe Krishtianu Ronalduning jahon chempionati - 2026 oldidan motivatsiyasi haqida fikr bildirdi.

Bo'lajak mundial yulduz hujumchi faoliyatidagi terma jamoa ishtirokidagi so'nggi yirik turnir bo'lishi kutilmoqda. Payshanba kuni "An-Nasr" yulduzi 41 yoshga to'ladi.

"Messining Qatardagi g'alabasi [JCh-2022da Argentina terma jamoasi bilan] Ronalduga qo'shimcha bosim yaratadi, deb o'ylamayman. Krishtianu o'z mamlakati uchun jahon chempionligini qo'lga kiritishni istaydi - terma jamoamiz hali buni uddalay olmagan," - deya Manishening intervyusidan iqtibos keltiradi Al Nassr Zone.