Portugaliyalik murabbiy Gretsiyada iste'foga chiqarildi

Portugaliyalik murabbiy Rui Vitoriya Afinaning “Panatinaikos” klubidan rasman haydaldi.
Afinaliklar Gretsiya chempionatini yomon boshlashdi, klub dastlabki turlarda bor yo'g'i bir ochkoni qo'lga kiritdi. Shuningdek, ular UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga ham chiqa olishmadi.
Vitoriya o'tgan yilning kuzidan beri "Panatinaikos"ni boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda klub Gretsiya chempionatida ikkinchi o'rinni egallab, peshqadamlikni “Olimpiakos”ga boy bergandi.