Kecha Portugaliya terma jamoasi JCh saralashi doirasida Armanistonni safarda yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu bahsda gol kiritgan futbolchilar Krishtianu Ronaldu (dubl), Joau Feliks (dubl) va Joau Kanselu o'z gollarini marhum Diogu Jotaning xotirasiga bag'ishlashdi.