Portugaliya terma jamoasining tajribali sobiq futbolchisi Gretsiyaga ko'chib o'tdi

Portugaliya terma jamoasining tajribali sobiq yarim himoyachisi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 32 yoshli Joau Mariu faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi va u erda 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Afinaning "AEK" klubi sharafini himoya qiladi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasida barcha zarur hujjatlar imzolangan.
Joau Mariu o'tgan yilning yozida "Beshiktosh" futbolchisiga aylangandi. O'shandan beri u Istanbul klubi safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.