Portugaliya terma jamoasi murabbiyi o'z iste'fosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines tez orada lavozimini tark etishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
Mish-mishlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis iyul oyi oxirida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Murabbiyning o'zi esa bu ma'lumotlarni tasdiqlamadi.
«Bunday xabarlar tarqalishiga nima sabab bo'lganini bilmayman. Bu yangilik emas. Men butun e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman. Biz uch yarim yil davom etgan turnirga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidamiz. Hozir eng muhimi faqat shu», — deya Martinesning matbuot anjumanidagi so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Portugaliya va DR Kongo terma jamoalari o'rtasidagi bahs boshlanadi.