Portugaliya terma jamoasi asosiy darvozaboni APLga ko'chib o'tishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi va "Portu"ning asosiy darvozaboni Diogu Koshta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Sasha Tavoleri xabariga ko'ra, 25 yoshli darvozabon bo'yicha "Aston Villa" muzokaralarni boshlagan.
Birmingemliklar safida Koshta Emiliano Martines o'rnini egallashi mumkin.
Hozirda Transfermarkt Koshtani 40 million evroga baholamoqda. Uning "ajdarlar" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.