Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvi JCh-2026 ikkinchi turining eng ko'p tomoshabin yig'gan o'yinlari qatoriga kirdi

JCh-2026 guruh bosqichining ikkinchi turidan o'rin olgan Portugaliya — O'zbekiston bahsi turning eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan o'yinlari ro'yxatidan joy oldi.
Xyuston shahridagi NRG Stadium arenasida bo'lib o'tgan uchrashuvni 68 777 nafar muxlis stadiondan turib kuzatdi. Bu ko'rsatkich mazkur bahsga ikkinchi turning eng ko'p tomoshabin yig'gan o'yinlari reytingida ettinchi o'rinni taqdim etdi.
Turning eng ko'p muxlis yig'gan bahsi Norvegiya — Senegal uchrashuvi bo'lib, uni 80 663 nafar tomoshabin kuzatgan. Keyingi o'rinlardan Argentina — Avstriya (70 649) hamda Belgiya — Eron (70 317) bahslari joy oldi.
JCh-2026. Ikkinchi turning eng ko'p tomoshabin yig'gan o'yinlari
-
Norvegiya — Senegal — 80 663
-
Argentina — Avstriya — 70 649
-
Belgiya — Eron — 70 317
-
Shveytsariya — Bosniya va Gertsegovina — 70 026
-
Turkiya — Paragvay — 68 827
-
Niderlandiya — Shvetsiya — 68 777
-
Portugaliya — O'zbekiston — 68 777
-
Ekvador — Kyurasao — 68 598
-
Iordaniya — Jazoir — 68 371
-
Braziliya — Gaiti — 68 324
Eslatib o'tamiz, Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvi Evropa jamoasining 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Gollarga Krishtianu Ronaldu (dubl), Nuno Mendesh va Rafael Leau mualliflik qildi. Yana bir gol esa O'zbekiston darvozaboni Abduvohid Ne'matovning avtogoli sifatida qayd etildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar