Portugaliya o'z tarixida ikkinchi bor bir o'yinda 9 ta gol urdi. Ikkala uchrashuvda ham Ronaldu ishtirok etmagan

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz JCh-2026 saralashida Armanistonni 9:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu Portugaliya terma jamoasi tarixida ikkinchi marta bitta o'yinda to'qqizta gol urishidir. Birinchisi 2023 yil sentyabr oyida Evro-2024 saralashida Lyuksemburgga qarshi o'yinda (9:0) bo'lgandi.
E'tiborlisi, o'sha uchrashuvda ham Krishtianu Ronaldu ishtirok etmagan.