Portugaliya futboli uchun rekord summaga transfer amalga oshirildi

«Braga» va «Sporting» Rodrigo Salasarning transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishdi.
Yarim himoyachi yozda Lissabon klubi safiga borib qo'shiladi. Uning uchun 30 million evro to'lanadi — bu Portugaliyaning ikki klubi o'rtasidagi tarixdagi eng yirik transfer kelishuvidir.
A Bola nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli xavbek yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Shartnomada futbolchining tovon puli 80 million evro etib belgilangan.