Portugaliya futbol federatsiyasi Roberto Martinesning terma jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Portugaliya futbol federatsiyasi bosh murabbiy Roberto Martinesning terma jamoadagi kelajagi borasidagi vaziyatni tushuntirdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida jurnalist Ben Jeykobs murabbiy 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin, jamoaning turnirdagi natijalaridan qat'i nazar, o'z lavozimini tark etishi haqida ma'lumot tarqatgan edi.
«FPF (Portugaliya futbol federatsiyasi) va Roberto Martines butun e'tiborini faqatgina jahon chempionatiga qaratgan. Federatsiya va murabbiy bu masalada hamfikr, buni ular ommaviy ravishda ham ma'lum qilishdi», — deyiladi FPF rasmiy bayonotida.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis bundan avval «Suonsi», « Uigan Atletik», «Everton» klublari va Belgiya terma jamoasini boshqargan.