Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCh-2026da guruhdagi raqiblari haqida fikr bildirdi.

Juma kuni bo'lib o'tgan qur'a portugallarni Kolumbiya va O'zbekiston terma jamoalari bilan bir kvartetga tushirdi. Guruhning to'rtinchi a'zosi pley-off o'yinlarida hal bo'ladi - u Yangi Kaledoniya, Kongo yoki Yamayka bo'ladi.

"Portugaliya va Kolumbiya uchrashuvi - bu o'ziga xos narsa, men bu o'yinni g'urur va hayajon bilan kutyapman. Fabio Kannavaro murabbiylik qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi ham katta hurmatga sazovor. Pley-off orqali turnirga yo'l olgan jamoalar har doim o'zgacha kayfiyatda o'ynashadi," - dedi Martines jurnalistlar bilan suhbatda.

JCh-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.