Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi jahon chempionati K guruhi 2-turida O'zbekiston ustidan qozonilgan yirik g'alaba (5:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Roberto Martinesning ta'kidlashicha, jamoa o'yin davomida barqarorlik va etuklikni namoyish etgan.

“Bugun biz kiyinish xonasida qanday reaktsiya bo'lganini ko'rdik. Turnirda oldinga siljish uchun ba'zida birinchi o'yindagidek vaziyatlar kerak bo'ladi. Bugun biz xuddi o'sha intizom va kayfiyatga ega, lekin yanada etuklashgan jamoani ko'rdik, chunki bu endi birinchi o'yin emas edi. Natijadan juda mamnunman”, — dedi Martines FIFA rasmiy saytiga bergan izohida.

Manba: Stadion.uz