Portugaliya afsonalar o'yinida jahon jamoasini mag'lub etdi

Portugaliya afsonalar terma jamoasi xayriya o'yinida Jahon terma jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Portugaliyaliklar safida Pedro Pauleta, Elder Poshtiga, Luish Figu va Pepe o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Jahon terma jamoasida golga Maykl Ouen mualliflik qildi.