"Portu" ustozi: "Maydon Evropa standartlariga javob bermaydi"

"Portu" bosh murabbiyi Franchesko Farioli yaqinlashib kelayotgan o'yindagi raqibi "RB Zaltsburg"ni tanqid qildi. Farioli o'yin o'tkaziladigan maydonga e'tiroz bildirdi.
"Men uchun bu bahona emas, fakt. Evropa standartlariga javob bermaydigan maydonda o'ynaymiz. Biz o'yinning asosiy elementlaridan biri shunday holatda ekanligiga rozi bo'lishimiz kerak. Mavsumda 50 dan ortiq o'yin o'tkazadigan futbolchilar uchun bu o'rinsiz tavakkalchilik," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi A Bola portali.
Evropa Ligasi umumiy bosqich uchrashuvi 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.