"Portu" Rosarioni sotib oldi!

Portugaliya chempionatining o'tgan mavsum bronza medali sohibi "Portu" "Nitstsa" futbolchisi Pablo Rosario bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tegishli xabar "ajdarlar" saytida e'lon qilindi.
Dominikan terma jamoasi yarim himoyachisi yangi jamoasiga 3,75 million evroga tushgan. Yana 500 ming "Nitstsa"ga bonus sifatida berilishi mumkin. Shartnoma muddati 4 yil bo'lib, frantsuz klubi Rosarioning keyingi sotuvidan 15% oladi. Futbolchi 50 million evro tovon puli to'lasa, "Portu"ni tark etishi mumkin.
Asosan tayanch zonasida harakat qiladigan Rosario "Nitstsa" safida jami 149 ta o'yinda (4 ta gol, 6 ta assist, 28 ta ogohlantirish va 2 ta chetlatish) maydonga tushgan.