«Portu» klubi darvozabon Diogu Koshtani sotib olish bo'yicha «PSJ»dan hali rasmiy taklif olgani yo'q, deya xabar bermoqda A Bola nashri.

Koshta yana Evropaning etakchi klublari e'tiborini tortdi va so'nggi vaqtlarda «PSJ»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Biroq, «Portu» rahbariyatining ofisiga frantsuz klubidan ham, darvozabon transferi uchun katta miqdorda mablag' to'lashga tayyor bo'lgan boshqa biror-bir top-jamoadan ham hech qanday rasmiy taklif yoki so'rov kelib tushmagani qayd etilmoqda.

«Portu» prezidenti Andre Villash-Boash Koshtani «aydholar» tarkibida saqlab qolmoqchi va uni shartnomani oxirgi marta uzaytirish vaqtida belgilangan tovon puli — 60 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligini bildirgan. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Franchesko Farioli ham ushbu posbonga jiddiy ishonch bildirmoqda.