«Portu» hujumchisi Villiam Gomes Evropaning bir qator etakchi klublari qiziqishi doirasiga tushib qoldi. AS nashri xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» 20 yoshli futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda. Angliya Premer-ligasining bronza medali sohibi Gomesni qanot hujumlarini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida ko'rmoqda.

«Manchester Yunayted»dan tashqari, yosh iqtidor egasini madridlik «Atletiko», shuningdek, «Arsenal», «Nyukasl» va «Roma» jamoalari ham kuzatmoqda. Biroq manbaning qayd etishicha, transferni amalga oshirish oson kechmaydi. Portugaliya klubi Gomesning transferini muhokama qilish istagida emas va uni faqat 80 million evro miqdoridagi tovon puli evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

2025/2026 yilgi mavsumda Gomes 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.