"Portu" muxlislari Joze Mourinoni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Portugaliya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Riu Ave"ga qarshi o'yinda muxlislar "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinoga haqoratomuz baqirishgani uchun "Portu"ni jarimaga tortdi. Publico xabariga ko'ra, klub 3190 evro to'lashi kerak.
O'yin yakunida "Portu" muxlislari Mourino nomiga haqoratomuz so'zlarni hayqira boshlashdi. Shu tariqa, 62 yoshli portugaliyalik mutaxassis "Benfika" bosh murabbiyiga aylangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi.
2002 yildan 2004 yilgacha Mourino "Portu"ni boshqargan va u bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.