"Portu" futbolchisi Evropa ligasi o'yinida maydon markazidan o'z darvozasiga gol urdi (Video)

«Portu» himoyachisi Martim Fernandesh Evropa Ligasi doirasidagi o'yinda kutilmagan va g'alati avtogol muallifiga aylandi.
Portugaliya klubi 1/4 final bosqichida «Nottingem Forest»ni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida mezbonlar himoyachilari maydon markazi yaqinida bir-birlariga to'p uzatib turgan bir vaqtda, Martim Fernandesh to'pni darvozabonga qaytarishga qaror qildi. Biroq jarima maydonchasi chizig'igacha chiqib kelgan posbonning yonidan o'tib ketgan to'p to'g'ri to'rdan joy oldi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Thiago Silva foi jogar nessa bomba pensando em ser convocado pra Copa do Mundo
— FluResenha (@resenhaflutt) April 9, 2026
kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk pic.twitter.com/HId6GA2xOD