"Portsmut" muxlislari jarimaga tortildi

Angliyaning "Portsmut" klubining ikki muxlisi chiptalarsiz o'yinga yashirincha kirishga uringani uchun jabr ko'rdi, deb xabar beradi The Guardian.
"Sautgempton"ga qarshi derbini tomosha qilish uchun ikki aka-uka o'zlarini stadion boshqaruvchilari sifatida ko'rsatishdi.
Ular maxsus nimchalar bilan jihozlangan holda, o'yin boshlanishidan bir soat oldin stadionga kirib, maydon yaqinida turishga muvaffaq bo'lishdi.
Klub xavfsizlik xizmati soxta boshqaruvchilarning akkreditatsiyadan o'tmaganligini tezda payqadi.
Oxir-oqibat ular sudga berildi va uch yilga o'yinlardan chetlashtirildi. Ularning har biri 800 evro jarimaga tortildi.