Ispaniya terma jamoasi laterali (qanot himoyachisi) Pedro Porro 2026 yilgi jahon chempionatida vinger Lamin Yamal bilan birgalikda ko'rsatayotgan o'yini haqida fikr bildirdi.

«Biz u bilan o'yindan-o'yinga borgan sari chiqishib ketyapmiz. Eng muhimi — Yamalga ma'lum bir bahsda nima kerakligini tushunishdir. Biz o'yin oldidan va maydonda gaplashib turamiz. Suhbat jarayonida qanday harakat qilishimiz kerakligini anglab olamiz. O'zaro hamkorligimiz tobora yaxshilanib bormoqda», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Frantsiya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz