Polymarket Sports platformasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha 48 ta terma jamoaning chempionlik imkoniyatlarini foizlarda baholab chiqdi. Unga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi turnirning asosiy favoriti sifatida e'tirof etilmoqda.

Top-10 favoritlar:

  • 17% — Ispaniya

  • 16% — Frantsiya

  • 11% — Angliya

  • 10% — Portugaliya

  • 9% — Braziliya

  • 8% — Argentina

  • 5% — Germaniya

  • 4% — Niderlandiya

  • 3% — Norvegiya

  • 2% — Yaponiya, Kolumbiya, Belgiya

Boshqa jamoalar: Ro'yxatda Marokash (1,5%), AQSh (1,2%), Shveytsariya (1,2%), Urugvay (1,1%) va Meksika (1,1%) kabi jamoalar o'rin olgan.

Qolgan ishtirokchilar, jumladan O'zbekiston terma jamoasining ham chempionlik imkoniyatlari 0,1% deb baholangan.