Polsha futbolining to'rtinchi eng kuchli ligasi o'zining Zinedin Zidaniga ega. Afsonaviy frantsiyalik sobiq futbolchining to'liq ism-familiyasiga ega futbolchi – braziliyalik Zidan 2003 yilning 16 mayida tug'ilgan. 

Bu paytda frantsiyalik Zidan faoliyatining so'nggi bosqichida bo'lgan.

"Mening otam doimo Zidanga muxlislik qilgan. Shuning uchun meni uning nomi bilan atashgan", - deya tushuntirdi futbolchi.