Polsha murabbiyi Levandovski bo'yicha bayonot berdi

Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Urban hujumchi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi.
Yulduz hujumchi sentyabr oyidagi yig'inga terma jamoaga chaqiruv oldi. Iyun oyida Levandovski Polsha terma jamoasida o'ynamadi, chunki u o'sha paytdagi murabbiy Mixal Probej bilan ziddiyatga borgan edi.
"Yig'inni yangi sahifadan boshlashimizni istardim. Levandovski jamoa sardori bo'ladi. Dushanba kuni u men bilan matbuot anjumanida bo'ladi. Zelinskiyni vitse-sardor, Bednarekni esa uchinchi sardor qilib tayinladim. Futbolchilar allaqachon xabardor qilingan," - deb Urban so'zlarini keltirmoqda Łączy Nas Piłka.