Politsiya Angliya terma jamoasi bilan bog'liq ish bo'yicha bayonot berdi

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 da butsalar va futbol anjomlari o'g'irlangani sababli jabr ko'rdi. Mahalliy politsiya ushbu voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«Biz ushbu ish bo'yicha tergov harakatlarini olib bormoqdamiz. O'g'rilikda gumon qilinayotgan ikki nafar shaxs keyingi surishtiruvga qadar allaqachon hibsga olindi. Tergov davom etmoqda», — deya politsiya vakillarining so'zlarini keltiradi Sky News nashri.
Angliya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 dagi ilk uchrashuvini Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Evropaning ushbu ikki grand jamoasi o'rtasidagi bahs chorshanba, 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 15 iyunga o'tar kechasi, soat 01:00 da boshlanadi.