Politano: «Edin Jeko bizni xavotirga solmoqda»

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Matteo Politano Italiya terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'l olishiga ishonchi komil, biroq Bosniya milliy jamoasi «chaqilmas yong'oq» bo'lib chiqishi mumkinligini tan oldi. Bunga asosiy sabab sifatida u ko'plab bosniyalik futbolchilar, xususan, faxriy hujumchi Edin Jeko Italiya A Seriyasi bilan juda yaxshi tanish ekanligini ko'rsatdi.
«Bu bizni xavotirga solyapti, ayniqsa Jeko. Ammo biz bor e'tiborimizni raqib haqida o'ylashga emas, balki o'z o'yinimizga qaratishimiz kerak», — deya Matteo Politanoning so'zlarini calcionapoli1926.it nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati yo'llanmasi taqdiri seshanba oqshomida Bosniya hududidagi Zenitsa shahrida bo'lib o'tadigan bahsda hal bo'ladi.