Politano: "Bu yilni yaxshi boshlashni xohlagandik"

"Napoli" A Seriyaning o'n sakkizinchi turida Rimda "Latsio" bilan o'yin o'tkazdi.
O'yinda ikki marta golli uzatma bergan "Napoli" hujumchisi Matteo Politano fikr bildirdi.
"Biz bu yilni yaxshi boshlashni xohlagandik. Umuman olganda, 2025 yildagidan ham yaxshiroq o'ynashni xohladik.
Menimcha, biz kuchli jamoani mag'lub etishga loyiq edik. Biz "Milan"ga etib olishga harakat qilyapmiz", dedi Politano.