Pol Skoulz kutilmaganda "Manchester Siti" stadionida ko'rinish berdi (foto)

Ayni vaqtda "Manchester Siti" Angliya Kubogi to'rtinchi raundi doirasida "Solford Siti"ni qabul qilmoqda. Birinchi bo'lim davomida translyatsiya ob'ektivlariga Pol Skoulz tushib qoldi — "Manchester Yunayted" afsonasi "Etixad Stedium"ga tashrif buyurishga qaror qilgan.
Aytish joizki, Skoulz "Solford Siti"ni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan — avvalroq Pol ushbu klub egalari guruhiga a'zo bo'lgan edi.
Pol Skoulz "Manchester Yunayted" safida 700 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.