Pol Skoulzning fikricha, «Bavariya» va «PSJ» APL g'olibiga aylangan bo'lardi.

— Sizningcha, «PSJ» va «Bavariya» APLga kelib, ligamizda g'alaba qozona olarmidi? — deya so'radi «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi «Stick to Football» ko'rsatuvining boshqa ishtirokchilaridan.

— Ular shubhasiz sovrin uchun kurashgan bo'lardi, — deb ta'kidladi Roy Kin.

— O'ylaymanki, ular osonlik bilan g'alaba qozonishardi, — dedi Skoulz.

— APLdagi raqobat darajasini hisobga olsak, har ikkala klub ham shiddatli o'yinlar soni tufayli muammolarga duch kelgan bo'lardi, lekin baribir ular zafar quchishiga ishonaman, — deya bayonot berdi Ian Rayt.