Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Merson «Chelsi»ning Angliya Premer-ligasi joriy mavsumidagi ishtiroki borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Agar «Chelsi» Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, muammolar yuzaga keladi. Futbolchilar jamoadan ketishni istab qolishadi. Ular Chempionlar ligasida o'ynashni xohlashadi. Ular top-klub sharafini himoya qilishni istashadi. Shu sababli «Chelsi» uchun APLning qolgan so'nggi ettita o'yini juda muhim. Bu jarayon o'z maydonida «Manchester Siti»ga qarshi o'tadigan qiyin uchrashuvdan boshlanadi», — dedi Merson Sky Sportsga bergan intervyusida.

Hozirda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 31 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinni egallab turibdi.