Pokonoli: "Monako" Chempionlar Ligasida o'z maqsadiga erishdi"

Chempionlar ligasi musobaqasining umumiy bosqichi 8-turida "Monako" o'z maydonida Turinning "Yuventus" klubiga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu natija haqida monegasklar ustozi Sebasten Pokonoli fikr bildirdi.
"Natijadan mamnunmiz. Keyingi bosqichga chiqish bizning maqsadimiz edi. Jamoa bunga erisha oldi. Hozir bizda biroz engillik hissi bor," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Qayd etish joiz, frantsuzlar jamoasi o'n ochko jamg'arib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yakuniy jadvalida 21-o'rinni egalladi. "Monako" keyingi bosqichdagi raqibni qur'a tashlash jarayonida bilib oladi.