"Monako" bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning holati haqida fikr bildirdi.

Rossiyalik futbolchi so'nggi ikki o'yinda - avval Frantsiya ligasidagi "Nant"ga qarshi bahsda, keyin esa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining "PSJ"ga qarshi birinchi uchrashuvida qizil kartochkalar oldi.

"Ba'zi vaziyatlar takrorlanmasligi kerak edi, bu aniq, lekin u yaxshi reaktsiya ko'rsatdi, yaxshi mashq qildi va men uning Parijdagi o'yindan keyin juda diqqatli ekanligini his qildim", dedi murabbiy.