"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan "Olimpiakos"ga (4:3) qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

26 yoshli frantsuz raqib darvozasiga 6 ta zarba yo'llab, poker qayd etdi.

"Real" ochkolarini 12 taga etkazib, EChL umumiy turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. "Olimpiakos" esa 2 ochko bilan 33-pog'onada bormoqda.