Frantsiyaning "Monako" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba, Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Hakim Ziesh va yana 70 dan ortiq sportchi UEFAni Isroilni diskvalifikatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera jurnalistlari xabar bermoqda.

Futbolchilar UEFA falastinliklar huquqlari buzilayotgani uchun Isroil futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni to'xtatishini istamoqda.

Avvalroq matbuotda UEFA G'azo sektoridagi mojaroni tinch yo'l bilan hal qilish bo'yicha muzokaralar tufayli Isroilni xalqaro turnirlardan chetlatish mumkinligi haqidagi qarorni keyinga qoldirgani haqida xabar berilgan edi.