Pol Pogba "Monako"ning navbatdagi o'yinida ham maydonga tushmaydi - bu Chempionlar Ligasi doirasida Turinning "Yuventus" klubiga qarshi o'yin bo'ladi.

"Pogba rejasi ish bermadi. Uning formaga kirishi va o'yin daqiqalarini olishi qiyin kechmoqda. Bu yopiq doira. Biz echim izlayapmiz," - dedi yaqinda monegasklar bosh direktori Tyago Skuro.

Eslatib o'tamiz, Pogba bilan shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan edi.