Pogba Yamalning jahon futbolida qaysi o'rinda ekanligini aytdi

«Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» klublari sobiq futbolchisi Pol Pogba Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubining 18 yoshli vingeri Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Yamal juda yosh futbolchi, u o'zini ajoyib his qilmoqda. Menimcha, u bor e'tiborini futbolga qaratishi va boshqa ishlarni chetga surib turishi kerak. Atrofini to'g'ri odamlar bilan o'rab olishi lozim. Uning yaqinlari va agentlari muhim rol o'ynaydi. Hozirgi vaqtda u dunyoning eng zo'ri bo'lmasa ham, shubhasiz, kuchli uchlikka kiradi», — deya frantsuzning so'zlarini keltiradi El Chiringuito.
18 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 200 million evroga baholanmoqda. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.