Pogba va yana 47 nafar sportchi Isroilning taqiqini qo'llab-quvvatladi

48 nafar sportchidan iborat guruh UEFAdan Isroil va uning klublariga mazkur tashkilot homiyligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishni taqiqlashni talab qiluvchi murojaatni imzoladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, sanktsiyalar qo'llashga chaqiruvchi ushbu murojaatga bir qator taniqli futbolchilar, jumladan, hozirda "Monako"da faoliyatini qayta yo'lga qo'yayotgan Pol Pogba, shuningdek, erkin agent Hakim Ziyosh va "Ipsvich"ning sobiq sardori Sem Morsi ham imzo qo'ygan.
Yaqin kunlarda UEFA ijroiya qo'mitasining 20 a'zosi ovoz berishi natijalariga ko'ra Isroilning barcha mumkin bo'lgan turnirlardan chetlashtirilishi kutilmoqda.