Pogba safga qaytdi

Yarim himoyachi Pol Pogba maydonga qaytmoqda. L'Equipe xabariga ko'ra, murabbiy Sebastyan Pokonolining ehtiyotkorona gaplariga qaramay, Pogba "Renn"ga qarshi bo'lajak o'yindayoq "Monako" safida maydonga tushishga tayyor bo'ladi.
Pogba ikki yildan ortiq o'ynamagan - u doping uchun diskvalifikatsiya muddatini o'tagan, keyin esa optimal formaga qaytish ustida ishlagan. Tez orada 32 yoshli xavbek monakoliklar safida debyut qilishi kutilmoqda.
Futbol bo'yicha Frantsiya chempionati doirasidagi "Renn" - "Monako" uchrashuvi 22 noyabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.
"Monako" Frantsiya chempionati jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.