Pol Pogba "Monako"ning navbatdagi o'yini qaydnomasidan o'rin oldi.

Monegasklar ertaga Liga 1ning 13-turida "Renn" mehmoni bo'ladi.

32 yoshli yarim himoyachi yozgi transferlar oynasida jamoa safiga kelib qo'shilgandi.

Frantsuz 2023 yil yozidan beri rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan. U doping iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiya muddatini o'tagan va keyinchalik jarohatlari sabab bir qator o'yinlarni o'tkazib yuborgandi.