Pogba Joze Mourino bilan orasidan nega ola mushuk o'tganiga oydinlik kiritdi

«Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino qo'l ostidagi faoliyati va ular o'rtasidagi munosabatlar haqida gapirib berdi.
«Menda hech qaysi murabbiy bilan muammo yo'q. Ularni doim hurmat qilaman. Ular — boshliq va menga nima qilish kerakligini aytishadi. Boshida hammasi ajoyib edi, doim yozishib turardik. Joze — qiziqarli va o'ziga xos inson. Menimcha, keyinchalik jarohatlar oradagi munosabatlar sovushiga sabab bo'ldi. Ommaviy axborot vositalari esa doimiy ravishda undan men haqimda — «Pol, Pol, Pol» deb so'rayvergani uning g'azabini keltirgan bo'lsa kerak», — dedi frantsuz futbolchisi Rio Ferdinandning podkastida.
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba 2016–2018 yillar davomida «Manchester Yunayted»da Joze Mourinyu qo'l ostida to'p surgan. Ushbu davrda «qizil iblislar» Liga Kubogi, Angliya Superkubogi va Evropa Ligasida g'olib chiqishgan.