Pogba jamoasining EChL qaydnomasiga kiritildi

"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoaning Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga kiritildi.
32 yoshli frantsuz futbolchisi yoz boshida klubga qo'shilganidan buyon hali birorta o'yinda maydonga tushmadi, u hozirda individual mashg'ulotlar asosida sport formasini tiklamoqda va debyutini sabrsizlik bilan kutmoqda.
U monegasklar bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.