"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Lukas Podolski jamoaning bu mavsumdagi muvaffaqiyat uchun  imkoniyatlari haqida gapirdi. "To'pchilar" 28 o'yindan so'ng 61 ochko bilan Premer-liga jadvalida etakchilik qilmoqda.

"Menimcha, "Arsenal" bu safar Premer-ligada g'alaba qozonadi. Menimcha, bu jamoa uchun maxsus mavsum va men buni ayniqsa Arteta tufayli xohlayman.

U juda ko'p mehnat qiladi va juda ko'p harakat qiladi. U bilan o'ynash ham yoqimli edi. Hatto "Arsenal"da birga bo'lganimizda ham, uning bir kun kelib murabbiy bo'lishini his qilardim.

U mashg'ulotlar va o'yinlardan keyin Arsen Venger bilan doimiy ravishda gaplashib turardi", - dedi Podolski.