Pochettino "Tottenxem"dagi yangilikdan shokka tushdi

Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino Londonning "Tottenxem" klubidan Daniel Levining ketishiga munosabat bildirdi.
"Men bu xabardan hayratda qoldim. Nima bo'lganini bilmayman. Unga eng yaxshi tilaklarni tilamoqchiman. Lekin men shokdaman", - deya izoh berdi AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumani vaqtida.
Eslatib o'tamiz, Levi 2001 yildan buyon London klubi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.