AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Amerika sportining o'ziga xos xususiyatlari futbolchilarda g'oliblik psixologiyasi shakllanishiga to'sqinlik qilayotganini aytdi. Uning fikricha, MLS tizimi jamoalar va futbolchilar uchun etarlicha bosim yaratmaydi.

«Ularning madaniyati — shunchaki o'yin. Ular o'ynashni xohlashadi. Biz avvallari ularga aytardik: «Yigitlar, futbol o'ynash boshqa narsa, raqobatlashish esa butunlay boshqa narsa». Bu ikkita tubdan farq qiladigan sport turidir.

Ular o'yin madaniyatida ulg'ayishgan. Nima uchun? Agar siz MLS klubini tashkil qilsangiz va uch oydan keyin birorta ham g'alabangiz bo'lmasa, oxirgi o'rinda borayotgan bo'lsangiz-u, lekin quyi ligaga tushib ketish yoki yuqori ligaga chiqish tizimi bo'lmasa, xalqaro raqobat bo'lmasa, buning qanday oqibati bo'lishi mumkin? Amerika sporti yutqazganlarni mukofotlaydi! Futbol esa boshqacha. Agar siz g'alaba qozonmagan odamni mukofotlasangiz... Agar maqsadlar bo'lmasa, men kurashmayman. Agar yutqazsam nima bo'ladi? Hech narsa. Shunchaki murabbiyni ishdan bo'shatishadi xolos», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda El Pais.

Juma kuni AQSh va Avstraliya terma jamoalari JCh-2026 guruh bosqichi uchrashuvida to'qnashadilar. O'yin Sietlda bo'lib o'tadi.