Pochettino Messining xet-trigi va uning oilasi haqida gapirdi

Lionel Messi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turida Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik muallifi bo'lganidan so'ng, AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino futbolchi va uning oilasi haqida fikr bildirdi.
«Men Messini qo'llab-quvvatlashni istayman, chunki u hozir oson bo'lmagan vaziyatda. Men uni va uning oilasini Parijdagi davrimizdan beri yaxshi bilaman va oilasiga eng yaxshi tilaklarni yo'llayman. Men argentinalikman va Jazoirga qarshi o'yinda Leoning o'yinini ko'rish yoqimli bo'ldi. Messi haqida yangi gap aytish qiyin — u eng yaxshisi. Uning xet-trik qayd etgani ajoyib», — dedi mutaxassis.
Ma'lumot uchun, avvalroq Messi otasining sog'ligi bilan bog'liq muammolar haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Manba: Stadion.uz