Pochettino: "Bu meni juda hayron qoldirdi"

"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "shporlar"ning sobiq boshqaruv raisi Daniel Levi haqida gapirdi.
"Levining ketishidan juda hayron bo'ldim. Uning merosi hech qaerga ketmaydi. Uning klub uchun qilgan ishlari hayratlanarli. U bilan doim yaxshi munosabatda bo'lganmiz. "Tottenxem"da bo'lganimda ham, ketganimdan keyin ham. U haqiqatan ham muhim inson edi, chunki menga "Tottenxem" kabi klubni boshqarish imkoniyatini berdi. Men uchun bu ajoyib muxlislarga ega dunyodagi eng yaxshi klublardan biri," - deya Pochettinoning so'zlarini keltiradi BBC.
Eslatib o'tamiz, Levi "Tottenxem"da 2001-2025 yillar davomida ishlagan. U bilan birga poytaxt klubi Angliya Liga kubogi va Evropa Ligasida g'olib chiqdi.