Pochettino: "Barselona"ni hech qachon boshqarmayman"

Hozirda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Maurisio Pochettino hech qachon "Barselona"ni boshqarmasligini aytdi.
"Barselona" taklif bilan chiqsa ham, men hech qachon ularga murabbiylik qilmayman", - dedi 53 yoshli argentinalik mutaxassis.
U avval Kataloniyaning boshqa bir jamoasi "Espanol"ni boshqargan.