AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv 19 iyun kuni bo'lib o'tadi.

«Bu juda tajovuzkor va yaxshi tashkil etilgan jamoa. Turkiya uchun ularga qarshi vaziyatlar yaratish o'ta qiyin bo'ldi. Avstraliyaliklar to'pni qaytarib olishlari bilan zudlik bilan hujumga o'tishadi. Ularning hujum chizig'ida juda tezkor futbolchilar bor», — deya ta'kidladi Pochettino.

Murabbiy, shuningdek, Avstraliya terma jamoasi ustozi Toni Popovichning ishini ham yuqori baholadi.

«Men uchun eng muhimi — ularning mentaliteti. Menga murabbiyning ishi yoqadi, u bilan gaplashdim ham. U o'z qilayotgan ishiga to'liq ishonadigan jamoa shakllantira olgan. Bunday raqiblarga qarshi o'ynash doimo qiyin», — dedi Pochettino.

Ushbu uchrashuvdagi g'alaba Amerika terma jamoasiga Jahon chempionatining pley-off bosqichi yo'llanmasini muddatidan oldin kafolatlaydi.

Manba: Stadion.uz