AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini qo'llab-quvvatladi.

«Men Lionelni to'liq qo'llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman, chunki u hozir oilaviy qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. Men u va uning oilasini "PSJ"dagi faoliyatim orqali yaxshi taniyman. Uning oilasiga eng ezgu tilaklarimni yo'llayman.

Men argentinalikman va ularning Jazoirga qarshi o'yini menga juda yoqdi. Ammo AQSh terma jamoasi uchun borimni beraman...

Messini ta'riflash qiyin. Oltita jahon chempionati! Faoliyati davomida turli klublarda erishgan barcha yutuqlari... U — eng yaxshisi. Uning xet-trigini ko'rish ajoyib bo'ldi.

Argentina — dahshatli jamoa. Ular Qatardagi turnirda jahon chempioni bo'lishgan, tarkibdagi ko'plab o'yinchilar o'sha chempionlardir. Murabbiy — ushbu jahon chempionatidagi eng yaxshisi, uning shtabini juda yaxshi bilaman, muxlislari esa shunchaki aql bovar qilmas darajada.

Bu tortning ustidagi olchasi esa — Messi. Bunday kombinatsiyaga qarshi o'ynash juda qiyin», — dedi Maurisio Pochettino.

Manba: Stadion.uz